Begzod Ismoilov - Yigitni yig'latma hayot

Begzod Ismoilov - Yigitni yig'latma hayot

17 04:46 320 kbps 10.97 MB
Скачать песню Begzod Ismoilov - Yigitni yig'latma hayot в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни
Unga ko‘p bermagin, bermagin viqor
Yigitni husnidir nomus, g‘urur, or
Faqatgina bitta iltimosim bor
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot

Shijoatdan tursin ko‘zlari yonib
Yutuqlari bilan yursin quvonib
Axir yaqinlari turar suyanib
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot

Mayli sochlarini oqlar bezasin
Yuzini ajinlar, dog‘lar bezasin
Lekin umrin eng go‘zal chog‘lar bezasin
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot (2x)

Dard-u hasratlarin ichiga yutgan
Oilasi uchun o‘zini unutgan
Qiyinchiliklarga yelkasin tutgan
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot

Oilasi bilan qil bag‘rini butun

Armonlar ko‘ngliga solmasin tugun
Faqat yig‘lasin u qiz uzatgan kun
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot
Mayli sochlarini oqlar bezasin
Yuzini ajinlar, dog‘lar bezasin
Lekin umrin eng go‘zal chog‘lar bezasin
Yigitni yig‘latma, yig‘latma hayot (2x)